“Bird” elektrosamokatlari

Yaqindan, Kanzas-Sitida “Birdelektrosamokatlari paydo bo‘libdi. Ular shaharning turli ommaviy joylarida yo‘l chetida shunchaki “turadi”.

Bird

Samokat qulflangan holatda turganda undan foydalanish imkoniyati yo‘q. Xohlagan odam maxsus mobil app orqali QR-kodni o‘qigandan so‘ng, samokat qulfdan ochiladi va yurishga tayyor bo‘ladi. Narxlari 1 AQSh dollaridan boshlanadi va minutiga 25 sentdan davom etadi (Kanzas-Siti uchun). Elektrosamokatlar servis sifatida vaqt asosida ijaraga berilgandek gap.

Bird

Elektr toki orqali harakatlanadigan har qanday “ulov” shahar uchun foydali: ulardan shahar uchun zararli tutun chiqmaydi. Samokatlardan ixtiyoriy odam foydalana olishini hisobga olsak (avtomobil kabi maxsus bilim shart emas), bu shahar uchun juda qulay vositaga aylanadi.

Bu servisning yana bir xususiyati — u odamlarga elektrosamokatlarni yig‘ish va quvvatlash (zaryad) orqali pul ishlash imkoniyatini beradi. Masalan, siz ushbu kompaniyaning maxsus guruhiga a‘zo bo‘lib, har kuni samokatlarni topib, ularning quvvatini to‘ldirib, so‘ng kerakli joyga eltish orqali pul ishlaysiz.

Shu o‘rinda, bizda shahar qurilishida ko‘p e’tibor berilmaydigan bir jihatni eslatmoqchiman. Biz uchun velosipedlar uchun yo‘lakchalar qilish notabiiydek tuyuladi. Lekin, 20-30 yil oldin shu kabi yo‘laklarni qurishni boshlagan shaharlar hozirda yangi turdagi harakat vositalariga tayyor. Biz bugun boshlaydigan harakatlarimizning natijasini zudlik bilanmas, 3-5 yildan keyin ham olishimiz mumkin va bu yaxshi. Elektr yordamida (yoki o‘zi) yuradigan harakat vositalariga yo‘llarimizni tayyorlab borish, shahardagi chang va tutunni kamaytirish, tabiiylikni ko‘paytirish (daraxtlar, attraksionlarsiz, shunchaki sayr qiladigan parklar) bugun va kelajakni o‘ylab qilinadigan ishlardan hisoblanadi.

Telegram