Shaharda mevali daraxtlar

Shaharda, ayniqsa, tratuarlar chetida va koʻp qavatli uylarning hovlilarida mevali daraxtlar yetishtirilishi notoʻgʻri, deb hisoblayman. Masalan, Toshkentning koʻp hududlarida oʻrik, olma, tut kabi daraxtlarni tratuarlar chetida, uylar yonida, mavzedagi umumiy hovlilar ichida uchratish mumkin. Lekin:

  1. Ularning mevasi terib olinmaydi yoki yigʻishtirilmaydi va chirib, sasib yotadi.
  2. Birinchi sabab tufayli ularning tagida bolalar oʻynashi yoki dam olish imkonsiz.
  3. Ular yaxshi soya ham bermaydi va boʻyi kaltaligicha qoladi.
  4. Va quyidagi fotolardagidek tratuarlarning koʻrinishini buzadi.

Shahardagi asosiy aholi mevalarni sotib olib tanavvul qilishini hisobga olsak, ular foydasiz.

Telegram