👋Salom, koinot!

Salom! Blogimni qayta yuritishga qaror qildim. Miyada va yozuvlarda ancha taassurotlar to‘plangan va ularni boshqalar bilan bo‘lishish vaqti keldi. Umid qilaman, ba’zi fikrlarim odamlarga foydali bo‘ladi.

Sayt

Yangi saytni foydaliroq qilishga qaror qildim: men haqimda hech qanday ma’lumotga ega bo‘lmagan odam uchun blogdagi postlarni taklif qilish noto‘g‘ri. Shuning uchun, kamina haqida qisqacha ma’lumot saytning bosh sahifasida doim turadi.

Saytning asosiy qismini doimiy yuritiladigan blog tashkil qiladi. Keyinroq, qo‘shimcha ruknlarni qo‘shib boraman.

Blog

Blog va sayt uchun endi Hugo ishlatyapman. Egeya sayt qilish uchun yaroqlimasligi, WordPress juda ko‘p narsani talab qilishi bilan tanlovlardan chiqib ketdi. Ghost bilan kelisholmadim: saytni to‘liq boshqarish uchun menga yetarli imkoniyatlar bermadi.

Bundan tashqari, Hugo orqali sayt va undagi kontent dizaynini o‘zim to‘liq boshqara olaman. Medium/Blogger/LiveJournal va hokazolar buni bermaydi.

Telegram, Instagram, Twitter

Men uchun qiziq bo‘lgan asosiy platformalardan biri — Telegram. O‘zbekistonda eng asosiy ijtimoiy tarmoqqa aylanib bo‘lgan platformada shaxsiy kanalim bo‘ladi:

   Farhodjon yashayapti

Kanalda, blogdagi yangi postlar, yangi loyihalarni e’lon qilishdan tashqari, turli qo‘shimcha fikrlar, fotolar, kundalik uchraydigan, lekin blogga yozish shart bo‘lmagan va tezda bo‘lishish lozim bo‘lgan xabarlarni qo‘yaman.

Instagram’da faqat fotolar. Twitter haqida hali o‘zim aniq xulosaga kelganim yo‘q.

2018-yilga rejalashtirgan katta maqsadlarimdan birini amalga oshirdim!

🎉

Telegram