recall.uz

Oʻzbekistondagi baʼzi saytlar recall.uz servisini ishlatishni boshlabdi. Masalan, combo.uz saytida bu servis kaaatta telefonli tugmani animatsiya qiladi:

Iltimos, hech qachon, hech qachon shunga oʻxshash vidjetlarni saytingizga qoʻymang. Katta, doim eʼtiborni tortib turadigan, chalgʻitadigan tugma foydalanuvchi interfeysi etikasiga hech qanaqasiga toʻgʻri kelmaydi. Vidjetning birinchi oʻrinda qiladigan ishi — saytga tashrif buyurgan odamga bemalol mahsulotlar bilan tanishishga imkoniyat bermaydi. Men bunaqa saytni koʻrganda tezroq qochib qolishni oʻylayman.

Servisning vebsaytiga desktopdan kirganda telefon ikonkasi ham animatsiyaga ega:

Adashmasam, recall.uz bir necha turdagi vidjetlar beradi. Masalan, dekos.uz saytida Recallʼning statik tugmalari qoʻyilgan (lekin bu yerdayam “сообщение” qolgan elementlarning ustida): dekos.uz

Vebmasterlarga: iloji boricha statik vidjetlardan foydalaning. Recall.uz egalariga: Intercom, Chatra kabi servislarning interfeysini oʻrganib chiqing. Yoki birorta yaxshiroq dizayner bilan vidgetlarning dizayni va animatsiyasini qayta koʻrib chiqinglar. Harqalay, servis Oʻzbekiston uchun foydalidek koʻrinyapti.

Telegram