Oʻzbekcha tipografik klaviatura terilmalari

Bundan 6-8 yil oldin alifbo.fonus.uz nomli loyihani ishga tushirish ustida ishlagandim. Bu sayt alifbo, til va savod bilan bogʻliq muammolarni yechadigan, odamlarga zarur bilim beradigan sayt boʻishi lozim edi. Shu loyiha ichida macOS uchun klaviatura terilmasini qilgandim. Apple oʻzbek kirill alifbosiga hech qanday terilma bermaydi, shuning uchun, oʻzim uchun boʻlsa ham terilma yaratish toʻgʻri, deb oʻylaganman. Lekin 2-3 ta tanishlarim uchun asqotdi.

Klaviatura terilmasi Ilya Birmanning tipografik terilmasi asosida qilingandi, chunki, uning terilmasi ancha ommaviy. Ancha yil avval Smashing Magazine blogida ham u haqida yozishgandi. Bundan tashqari, Birmanning terilmasida qoʻshimcha belgilar ancha qulay joylashtirilgan.

Avgust–sentabr oyida saytim va blogimni yangilagandan soʻng ushbu terilma ustida ishni davom ettirdim va endi uni ommaga taqdim qilishga tayyorman. Terilma yordamida ↓ ¹ ² ³ ‰ § ↑ ¿ ∞ ← → ş Ş ç Ç ŏ Ŏ ğ Ğ 🇺🇿 kabi harf va belgilarni oson chop qilish mumkin. macOSʼda alt, Windowsʼda oʻngdagi Alt yordamida mos harflar bosiladi. Lotinchasida yangi harflar ham bor ☺️

Klaviatura terilmalari saytimda maxsus sahifasiga ega — oʻrnatish, foydalanish boʻyicha hamma maʻlumot oʻsha yerda:

Oʻzbekcha tipografik klaviatura terilmalari

Terilmalar ikkala desktop tizimi uchun ham mavjud. Har qanday talab va takliflar far@farhodjon.com emailida qabul qilinadi.

P.S.: Windows uchun terilmani yaratishdan maʼno koʻrmagandim, lekin manavi muhokama baʼzi odamlarga qulay boʻlishi mumkinligini bildirdi:

Telegram