Mobil tizimlarda oʻzbek tilida yozish

Tipografik klaviatura terilmalari faqat desktop operatsion tizimlarida ishlaydi, mobil operatsion tizimlarning imkoniyatlari cheklangan. Maxsus ilova tayyorlabgina qulay klaviatura yaratish mumkin.

Lekin sal noqulayroq, kutilgan natijani beradigan variantlari bor va bu Telegramʼni oʻzbek tiliga mobil qurilmadan tarjima qilayotganlarga ham foydali.

Gavayi tili uchun klaviatura

ʻOkina Gavayi tilida ishlatiladi, shuning uchun, tizimga Gavayi klaviaturasi qoʻyilganda va yozish uchun maxsus klavisha qoʻshiladi. Okina “l”dan oʻngda turgan belgi.

Android va iOS tizimlaridagi Gavayi klaviaturasi

Bu klaviatura faqat va harflarini toʻgʻri yozish imkoniyatini beradi; tutuq belgisi notoʻgʻriligicha qoladi.

Fleksy

Fleksy ilovasi oʻzi qoʻshadigan klaviaturani ancha oʻzgartirish (moslash) imkoniyatini beradi. Shu klaviaturaga Okina va tutuq belgisini olib qoʻshvolish mumkin; iOS tizimida esa kirill yozuvidan ham foydalansa boʻladi.

Fleksy klaviaturasining yuqori qismida maxsus panel mavjud va u yerga turli kengaytmalar qoʻshish imkoniyati bor. Bizga zarur kengaytma — Hotkeys orqali xohlagan belgi panelga qoʻyiladi. Quyidagi videoni koʻring:

Videodagi kabi har qanday foydalanuvchi har qanday belgini Fleksy klaviaturasiga qoʻshib olishi mumkin. Masalan, men iOSʼda kirill yozuvida shu Fleksy orqali yozaman: Ў, Қ, Ғ, Ҳ harflarini yuqoridagi panelga qoʻyvolganman. Bitta muammo: Fleksy harflarni katta-kichigini avtomatik aniqlamaydi, shuning uchun, ham bosh ham kichik harflarni panelga qoʻyish lozim:

Eʼtibor bering, yuqoridagi panelga ikkita Hotkeys kengaytmasini qoʻshganman. Panelga faqat 6 ta belgi siqqani uchun, Ҳ va ҳ panelning keyingi sahifasiga qoʻyilgan.

P.S.: Hamza Foziljonovning yozishicha, Gboard (Google klaviaturasi) Androidʼda oʻzbek tili kirillchasini alloqachon qoʻshgan, lekin iOSʼda yoʻq. P.P.S.: Yunikoddagi belgilarni topish uchun ushbu sayt qulay: unicode-table.com

Telegram